Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari yoshlar huzurida

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari yoshlar huzurida

  • 27.11.2024
  • 75

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Surxondaryo viloyati filiali mas’ul xodimlari tomonidan talaba-yoshlarga “ochiq muloqot” o‘tkazildi.

 

Unda filial xodimlari vacancy.argos.uz portalidan foydalanish, davlat xizmatiga ishga kirish, uni o‘tash tartiblari haqida tushuncha berishdi. Shuningdek, tizimdan ro‘yxatdan o‘tish, ma’lumotlarni qo‘yish, yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish, “Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali” dasturiy-apparat kompleksi bo‘yicha ma'lumot berib o‘tdi.

 

Iqtidorli yoshlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, ularni sohaga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan muloqot davomida sohadagi o‘zgarishlar, "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati haqida ham aytib o‘tildi. Davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, ishga kirish tartibi bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.