TISUda profilaktik suhbat

Universitetda talabalar bilan profilaktik suhbat o‘tkazish uchun Narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo viloyat filiali mutaxassisi O. Turdiyev va Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, tezkor qidiruv xizmati, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i M.Ochilovlar tashrif buyurdi.
Tadbir davomida talabalarga bugungi kunda yoshlar orasida tarqalib borayotgan, jinoyatchilik, giyohvandlik, narkotik va psixofaol moddalarni ishlatishning salbiy oqibatlari, giyohvandlik vositalari bilan muomalada bo‘lish, ularni is’temol qilish shaxsni jamiyatdan ajratishi, insonlarning insoniy qiyofasini yo‘qotishga olib kelishi, bu esa turli xil jinoyatlarni sodir qilishga zamin yaratishi kabi muammolarni bartaraf etish, bu kabi illatlar domiga tushib qolishning oldini olish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.
Asr vabosiga qarshi kurashish barchamizning burchimizdir. O‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetda qolmasligi lozim.