Bobur nomli davlat stipendiyasi sohibi - Toshimov Bahodir Bahriddin o‘g‘li

Bobur nomli davlat stipendiyasi sohibi - Toshimov Bahodir Bahriddin o‘g‘li

  • 06.02.2025
  • 189
Blog Image

Toshimov Bahodir Bahriddin o‘g‘li — 1999-yil 5-may kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bahodir yoshligidan ijtimoiy fanlarga qiziqishi balandligi bois, tarix yo‘nalishida tahsil olishni niyat qilgan. Maktabda barcha fanlardan a’lo baholarga o‘qish bilan cheklanib qolmay, jamoat tadbirlarida ham faol qatnashgan.

 

2017-yilda Jarqo‘rg‘on Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini tamomlagan. Kollejda o‘qish jarayonida, uning ilmiy maqolalarini ko‘plab mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

 

Hozirgi kunda u Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tarix ta’lim yo‘nalishi 3-bosqichda tahsil olmoqda. Bahodir universitetda o‘zining faolligi, namunali xulqi va odobi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘la oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida respublika miqyosida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan Bobur nomli davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

 

— Universitetga katta orzular bilan kelganman. Shu bois bor-diqqat e’tiborimni oʻqishga, izlanishga, turli tanlov va konferensiyalarda faol ishtirok etishga qaratdim. Bu yil orzu-havaslarim haqiqatga aylandi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrugʻi bilan Bobur nomli davlat stipendiyasini qoʻlga kiritdim. Bundan nafaqat men, balki yaqinlarim ham mamnun. Ustozlarimning ishonchini oqlay olganimdan xursandman, — deydi Bahodir Toshimov.