Navoiy nomli davlat stipendiya sohibasi - Ahmedova Shohistaxon Baxtiyor qizi

Ahmedova Shohistaxon Baxtiyor qizi - 2003-yil 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Bolaligidan ilmga chanqoqligi, o’ta tirishqoqligi va namunali xulqi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan. 2021-yil Qumqo‘rg‘on tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan.
Maktab davrlarida, o’zining faolligi va iqtidorliligi bilan ko’plab ustozlarini nazariga tushgan. Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang’ich ta’lim yo’nalishining 3-bosqichida tahsil olayapti.
Shu kunga qadar 10 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro nashrlarda e’lon qilingan. Bundan tashqari, Chexiya, Germaniya, Avstriya, Turkiya kabi davlatlarda malaka oshirish kurslarida ishtirok etib, o’zi uchun kerakli bo’lgan yangi bilimlar va tajribalarga ega bo’lib qaytdi.
2024-2025-o'quv yilida respublika miqyosida iqtidorli talabalar o’rtasida o’tkazilgan Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi bo’ldi. Shohistaxonni bemalol universitetimizning faxri deb ko’rsata olamiz, kelgusidagi faoliyatida bundan-da yuqori natijalarni qo’lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo’lishini tilab qolamiz.
— Oliy ta’lim dargohlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar qatorida men ham Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi boʻlganimdan mamnunman. Albatta, bunday ijobiy natijaga erishishimning zamirida ilmiy rahbarim Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Navroʻza Salohitdinovaning xizmatlari beqiyos. Ayniqsa, oddiygina qishloq qizi uchun bunday yutuqqa erishish katta baxt. Meni doim qoʻllab-quvvatlaydigan onam uchun esa mukofot. Barchasi uchun ustozlarim, universitet rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman — deydi Shohistaxon Ahmedova.