Rektor stipendiyasi sohibasi - Xursanova Marjona Baxtiyor qizi

Xursanova Marjona Baxtiyor qizi - 2005-yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. Maktab davrida juda faol va a’lochi o‘quvchilar qatorida bo‘lgan, ijtimoiy va tabiiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi uni fan olimpiadalarda ishtirok etib, katta tajriba va bilim olishiga sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, Marjona sportning basketbol turi bilan shug‘ullangan va viloyat musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallab kelgan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olayapti.
O‘qish davrida xalqaro va mahalliy konferensiyalarda o‘zining ilmiy maqolalari bilan ishtirok etgan. 2023-2024-o‘quv yilida "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Marjona o‘zining iqtidori, go‘zal xulqi va odobi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘la oladi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.