Rektor stipendiyasi sohibasi - Bamullayeva Shodiyona Nasrullo qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Bamullayeva Shodiyona Nasrullo qizi

  • 12.02.2025
  • 91
Blog Image

Bamullayeva Shodiyona Nasrullo qizi - 2003-yil Uzun tumanida tug‘ilgan. Maktab davrida juda faol va a’lochi o‘quvchilar qatorida ijtimoiy va tabiiy fanlarga qiziqishi baland bo‘lgan. Fan olimpiadalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan. 


 
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil olayapti. O’qish davrida ko’plab ilmiy maqolalari xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan.


 
2023-2024-o‘quv yilida "Rektor stipendiyasi"ni qo‘lga kiritdi.  Shodiyona o‘zining iqtidori,  faolligi va tirishqoqligi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.