Rektor stipendiyasi sohibi - Mengqobilov Dilshodbek Ahmedovich

Mengqobilov Dilshodbek Ahmedovich — 2005-yil Angor tumanida tug'ilgan. 2023-yil Angor tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabini tamomlagan. Tabiatan tirishqoq va intiluvchan Dilshodbek barcha fanlardan a'lo baholarga o‘qigan.
Hozirda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar yoʼnalishining 2-bosqichida tahsil olayapti. Universitetda oʼqish davomida fanlarni aʼlo baholarga oʼzlashtirish bilan cheklanib qolmay, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti Yoshlar yetakchisi sanaladi. Shu bilan birga, Dilshodbek Mengqobilov univeristet Talabalar kengashi raisi bo’lib faolyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar 10 ga yaqin ilmiy maqola va tezislari respublika va xalqaro nashrlarda e’lon qilingan. 2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o’rtasida o’tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibiga aylandi. Dilshodbekni kelgusidagi faoliyatida bundanda yuqori cho’qqilarni zabt etishiga ishonamiz.