Rektor stipendiyasi sohibasi - Boʻronova Zarnigor Karomat qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Boʻronova Zarnigor Karomat qizi

  • 10.02.2025
  • 63
Blog Image

Boʻronova Zarnigor Karomat qizi – 2001-yil Sherobod tumanida tug’ilgan. 2016-yil Sherobod tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini a’lo baholar bilan tamomlagan. 


Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo’nalishining 3- bosqichida tahsil olayapti. Zarnigor tabiatan ijodkor, intiluvchan va ma’suliyatli. O’qish davomida ko’plab ilmiy konferensiyalarda faol qatnashgan, turli xil xalqaro va mahalliy nashrlarda maqolalari chop etilgan. 


2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar qatorida "Rektor stipendiyasi"ni qo‘lga kiritdi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.