Rektor stipendiyasi sohibi - Safarov Diyorbek Iskandar o’g’li

Rektor stipendiyasi sohibi - Safarov Diyorbek Iskandar o’g’li

  • 11.02.2025
  • 134
Blog Image

Safarov Diyorbek Iskandar o’g’li - 2005-yil 27-iyunda Surxondaryo viloyatining Angor tumanida tug‘ilgan. Tabiatan o’ta tirishqoq va izlanuvchan bo’lgan Diyorbek maktab davridan informatika faniga juda qiziqqan va kelgusida shu sohaning yetuk mutaxassisi bo’lishga qaror qilgan.

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

•  O‘zbekiston Respublikasi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi faxrli ishtirokchisi;


•  “Raqamli texnologiyalar bo‘yicha milliy tanlov”ning faol ishtirokchisi;


•  “Yosh dasturchilar olimpiadasi”da faxrli o’rin egasi;


•  “StartUp Uzbekistan” tanlovi final bosqichi ishtirokchisi


•  “Iqtidorli talabalarning loyihalar ko‘rgazmasi” da “Eng yaxshi loyiha” nominatsiyasi sovrindori;


•  “Axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro konferensiya”ning faol ishtirokchisi;


•  “IT Leader” mukofoti sovrindori (2023);


•  “Yosh tadbirkorlar tanlovi”da “Eng yosh innovatsion loyiha” nominatsiyasi g‘olibi;


•  10 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi;


•  Ko’plab yaqin Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi;

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti, axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichida tahsil olayapti.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o’rtasida o’tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibiga aylandi. Kelgusida Diyorbek bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishiga ishonamiz.