Rektor stipendiyasi sohibasi - Toshpo‘latova Sevinch O‘rol qizi

Rektor stipendiyasi sohibasi - Toshpo‘latova Sevinch O‘rol qizi

  • 12.02.2025
  • 73
Blog Image

Toshpo‘latova Sevinch O‘rol qizi - 2005-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. Tabiatan juda faol va izlanuvchan bo‘lgan Sevinch maktab davridan maqola va hikoyalar yozishga juda qiziqadi.

 

Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:

 

• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da “O‘yin-maktabgacha ta'lim jarayonining faol shakli sifatida” nomli maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlandi.

 

• 2024-yil Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etib, taqdirlangan.

 

2024-yil “Xotira muqaddas burch” shiori ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtirok etgan.

 

• 2024-yil “Maktabgacha ta’limning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ishtirokchisi.

 

• 8 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar muallifi, jumladan, 2 ta maqola Scopus bazasiga kiritilgan xorijiy jurnallarda chop etilgan.

 

• Ko‘plab xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.

 

Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti maktabgacha ta'lim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.

 

2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Sevinch o‘zining iqtidori va namunali xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.