Rektor stipendiyasi sohibasi - Kiselyova Oksana Viktorovna

Kiselyova Oksana Viktorovna - 1987-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2004-yil Termiz shahridagi 1-umumiy ta'lim maktabini a'lo baholarga tamomlagan. Tabiiy fanlarga bo’lgan qiziqishi sabab 2004-yilda Termiz tibbiyot kollejiga o’qishga kirgan. O’qish davrida o’ziga ta’lim bergan ustozlariga havas qilib, kelgusida o’qituvchi bo’lishni maqsad qilgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· O’qish davrida Chexiya, Germaniya, Avstriya va Turkiya davlatlaridagi nufuzli oliy o'quv yurtlarida tajriba oshirib kelgan;
· Shu kunga qadar 3 ta ilmiy maqolasi Xalqaro nashrlarda e'lon qilingan;
· Ko‘plab mahalliy nashrlarda tezis va maqolalari e’lon qilingan;
· Rus tilidan sertifikat (C1) ga ega;
· Universitetda o'tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy konferensiyalarning faol ishtirokchisi;
· 10 dan ortiq diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o’qitish (rus tili) yo’nalishi 3-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Oksana kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishiga ishonamiz.