Rektor stipendiyasi sohibasi - Hadiyeva Anna Alekseyevna

Hadiyeva Anna Alekseyevna - 2001-yil Jizzax shahrida tug‘ilgan. 2019-yil Jarqo’rg’on tumanidagi 1-umumiy ta'lim maktabini a'lo baholarga tamomlagan. Tabiatan o’ta vazmin va intiluvchan bo’lgan Anna ijtimoiy-gumanitar fanlarga qiziqishi yuqori bo’lgan va turli fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• Shu kunga qadar 3 ta ilmiy maqolasi xalqaro nashrlarda e'lon qilingan;
• Ko‘plab mahalliy nashrlarda tezis va maqolalari e’lon qilingan;
• Rus tilidan sertifikat (C1) ga ega;
• Universitetda o'tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy konferensiyalarning faol ishtirokchisi;
• Viloyat miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalari faol ishtirokchisi;
• 10 dan ortiq diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti filologiya va tillarni o’qitish (rus tili) yo’nalishi 3-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Anna o’zining faolligi, erishgan yutuqlari va namunali xulqi bilan boshqalarga o’rnak bo’la oladi.