Rektor stipendiyasi sohibasi - Norqulova Nilufar Zokir qizi

Norqulova Nilufar Zokir qizi - 2002-yil Angor tumanida tug‘ilgan. 2019-yil - maktabni a'lo baholarga tamomlagan. Bolaligidan ilmga chanqoq va juda intiluvchan qiz bo‘lgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
· Ko‘plab mahalliy va xalqaro nashrlarda tezis va maqolalari e’lon qilingan;
· Universitetda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ilmiy konferensiyalarning faol ishtirokchisi;
· “Zakovat” intellektual turnirining faol ishtirkochisi;
· Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Nilufar kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishiga ishonamiz.