Rektor stipendiyasi sohibasi - Hursanova Gavhar Umar qizi

Hursanova Gavhar Umar qizi - 1994-yil Termiz tumanida tug‘ilgan. Termiz tumanidagi 5-umumtaʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Tabiatan o‘ta tirishqoq va izlanuvchan bo‘lgan Gavhar maktab davridan maqola va hikoyalar yozishga juda qiziqadi.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, diplom bilan taqdirlangan;
• 3 ta ilmiy va 3 ta publisistik maqolasi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich taʼlim yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Gavhar kelgusida bundanda yuqori cho‘qqilarni zabt etishiga ishonamiz.