Rektor stipendiyasi sohibasi - Nazarova Shahzoda Ilhomjon qizi

Nazarova Shahzoda Ilhomjon qizi - 2004-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2022-yil Qiziriq tumanidagi 33-umumiy ta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Maktab davrida ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha ko‘plab fan olimpiadalarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallagan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• Universitetda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual turnirida faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;
• 10 ga yaqin diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
• 7 ta ilmiy maqolasi xalqaro va mahalliy nashrlarda chop etilgan.
• Ko‘plab xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti boshlang‘ich taʼlim yoʼnalishi 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Shahzoda o‘zining iqtidori va namunali xulqi bilan boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda.