Rektor stipendiyasi sohibasi - Beknazarova Sevara Panji qizi

Beknazarova Sevara Panji qizi - 2005-yil Angor tumanida tug‘ilgan. Angor tumanidagi 14-sonli umumtaʼlim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan. Maktab davridan maqola va tezislar yozib borgan. Viloyat miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan.
Shu kunga qadar erishgan yutuqlari:
• 2023-yil universitetda tashkil etilgan “Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari yakuniga bag'ishlangan an'anaviy ilmiy-amaliy konferensiya”da o‘z ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etib, faxrli diplom bilan taqdirlangan;
• “Zakovat” intellektual turnirining faol ishtirokchisi;
• Ko‘plab diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan;
• 2 ta ilmiy maqolasi mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan;
• Xalqaro va mahalliy konferensiyalar ishtirokchisi.
Hozirgi kunda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti pedagogika va psixologiya yo‘nalishining 2-bosqichida tahsil oladi.
2024-2025-o‘quv yilida iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan "Rektor stipendiyasi" sohibasiga aylandi. Kelgusida bundanda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, shu yurtga xizmat qiladigan yetuk mutaxassis bo‘lishini tilab qolamiz.