Universitet rektori A. Sattarov tibbiyot fakulteti dars jarayonlarini o'rgandi

Universitet rektori A. Sattarov tibbiyot fakulteti dars jarayonlarini o'rgandi

  • 27.11.2024
  • 104
Blog Image

Universitet rektori A.Sattarov tibbiyot fakultetining dars jarayonlarini chuqur o'rganish maqsadida fakultetda bo'ldi. Ushbu tadbir doirasida rektor fakultetning o'quv dasturlari, o'qituvchilarining metodik faoliyati va talabalar bilan olib borilayotgan o'quv ishlari bilan yaqindan tanishdi.

 

A.Sattarov, darslarning sifatini oshirish, ilmiy-texnologik yutuqlardan samarali foydalanish va o'qitish metodlarini zamonaviy talablarga moslashtirish bo'yicha bir qator takliflar berdi.

 

Rektor dars jarayonlarini o'rganish davomida, talabalarning o'quv faoliyatini interaktiv metodlar va amaliy mashg'ulotlar orqali yanada samarali qilishni ta'kidlab o'tdi. 

 

Shuningdek, u fakultet o'qituvchilarining pedagogik malakalarini oshirish, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini o'quv jarayonlariga integratsiya qilish va talabalar bilan faol muloqot o'rnatish zarurligini taʼkidladi.