Termiz iqtisodiyot va servis universitetida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitet prorektorlari rahbariyat hamda oliygoh jamoasi oldida o‘tgan bir yil davomida qilingan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi rejalar haqida hisobot berishdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha jo‘yali takliflar bildirildi.
Universitetdagi o‘quv jarayonlarini tashkil etishdan tortib, ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy masalalar, tibbiyot yo‘nalishi hamda xalqaro munosabatlargacha bo‘lgan yo‘nalishlardagi ishlar obdon tahlil qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida universitet ta’sischisi Jamshid Pardayev sarhisob yig‘ilishidan barcha o‘ziga tegishli xulosa qilishi lozimligini va universitetni yangi marralarga olib chiqishda jamoa bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishi lozimligini ta’kidladi.