Termiz iqtisodiyot va servis universitetida 2024-2025-o‘quv yilidan "Rektor stipendiyasi" tashkil etilgan.
Universitet rahbariyati tomonidan “Rektor stipendiyasi”ga munosib koʻrilgan 50 nafar iqtidorli talabalar maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ushbu talabalarga 2024-yil sentyabr oyidan 2025-yil yanvar oyigacha har oyda bir million so‘mdan stipendiya berib boriladi.
Shuningdek, o‘quv yilining birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha yana 50 nafar iqtidorli talabalarga stipendiya berilishi belgilangan.