Prokuror va yoshlar uchrashuvi samimiy ruhda o‘tdi

Prokuror va yoshlar uchrashuvi samimiy ruhda o‘tdi

  • 27.11.2024
  • 203
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Unda universitet talabalari va mahalla yoshlari ishtirok etishdi. 

 

Viloyat prokurori Babadjanov Baxtiyar Bekovich soʻz olib, bugun yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ta'kidlab oʻtdi. Shuningdek, yoshlarning muammo va takliflarini tingladi. 

 

Tadbir davomida iqtidorli talabalar hamda faol yoshlar tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.