Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida navbatdagi Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi

  • 04.12.2024
  • 463
Blog Image

Yig'ilishda Kengash a’zolari, prorektorlar, bo'lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etishdi. 

 

Kengashda magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoni va magistratura talabalarining ilmiy tadqiqot ishlari holati, universitetda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni tashkil etish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilarining ingliz tili savodxonligini oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobotlar eshitildi. 

 

Shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy va ilmiy nashr (monografiya)larni tasdiqlash hamda nashrga tavsiya etish haqida so'z olib borildi.

 

Yig'ilish yakunida kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan takliflar olindi va tegishli mas’ullarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.