Xalqimizda odamlarga yaxshilik qilish, ularning og‘irini yengil qilish, mehr-oqibatni saqlash kabi odatlar — insoniylikning yuksak namunasi sifatida qadrlanadi.
Shu ma'noda 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan Termiz shahridagi "Bog‘ishamol" hamda "Yulduz" mahallasidagi 30 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning holidan xabar olindi. Ularning xonadonlariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.