"Qalqon" jamoatchilik guruhining faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar 

"Qalqon" jamoatchilik guruhining faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar 

  • 08.01.2025
  • 192
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Qalqon" jamoatchilik guruhining a'zolari uchun o'quv seminar tashkil etildi. 

 

Seminar O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi, Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi va Viloyat yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi. 

 

Seminar davomida ishtirokchilarga "Qalqon" guruhining faoliyati, xavfsizlikni ta'minlashda jamoatchilikning o‘rni va muhim vazifalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi. 

 

Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar o‘tish yo‘lagi va boshqa ijtimoiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. 

 

TISUda o‘tkazilgan ushbu o‘quv seminar yoshlarni jamiyatda tartibni saqlashda faollik ko‘rsatishga undaydi.

 

 

 

 

 

 

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Termiz iqtisodiyot va servis universiteti