- Xalqaro hamkorlik
- Kitoblar
- Yo'nalishlar
- Ichki tartib-qoidalar
- Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti
- Vakant lavozimlar
- Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultet
- Struktura
- Tibbiyot fakultet
- Non Discrimination Statement
- Professor O'qituvchilar
- Iqtidorli talabalar
- University Mission
- TISU xorijiy tillarni o'qitish markazi
- Talabalarga
Xorijdagi juda ko‘p o‘quv yurtlarini kuzatsak, talabalar orasida volontyorlik faoliyati mavjud bo‘lib, faol ko‘ngilli talabalar ushbu ijtimoiy faoliyatda qatnashib kelmoqda. Xo‘sh volontyorlik faoliyati nima va uning talabalarga qanday foydasi bor?
Volontyorlik faoliyati — biror inson o‘z xohishi bilan, ko‘ngilli ravishda, hech kimni majburlovisiz vaqti va mehnatini qandaydir jamoat ishiga sarflash, ko‘p hollarda evaziga moddiy haq olmasdan qatnashish. Ya’ni volontyorlik faoliyatini amalga oshirishda siz, o‘z xohishingiz bilan biron bir ijtimoiy ishga vaqtingiz va kuchingizni sarflaysiz.
Xorijdagi oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan quyidagi volontyorlik yordamlari ko‘rsatiladi:
Ijtimoiy volontyorlik - yetim bolalar, yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta'minlanganlar, uysizlar va qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan boshqa odamlarga yordam berish.
Ekologik volontyorlik - ko‘ngillilar tabiatga yordam berishadi, axlatni tozalash, chiqindilarni alohida yig‘ish tadbirlarini o‘tkazish, daraxtlar ekish, hayvonlarni himoya qilish va ushbu faoliyatni targ‘ibot qilish.
Tibbiy volontyorlik - bu yerda siz donorlik qilish, bemorlar uchun kasalxonalarda dam olish tadbirlari, og‘ir kasallar bilan psixologlarning bepul ishi va hokazolar.
Volontyorlik faoliyati har bir inson uchun kerak deb o‘ylayman, bag‘rikenglik, insoniylik xislatlarini o‘zlashtirish uchun, shu bilan birga, inson ruhiyatidagi kibr, manmanlik kabi illatlardan qutilish uchun yordam beradi.
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida mehr-muruvvat volontyorlik tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. Unda talaba yoshlar yolg‘iz keksalarning holidan xabar olib, moddiy va ijtimoiy ko‘mak berishadi. Bundan tashqari, Tibbiyot fakulteti o‘qituvchi va talabalari tomonidan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etish mumkin. Universitet hududini toza saqlash maqsadida haftaning bir kunini “chiqindisiz bir kun” shiori ostida hashar deb e’lon qilsa bo’ladi. Bunaqa tadbirlarni tashkillashtirish yangi do‘stlar orttirishga va jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.