Strategik boshqaruv – samarali natija

Strategik boshqaruv – samarali natija

  • 16.10.2023
  • 333
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Termiz davlat pedagogika universiteti geografiya fanlari nomzodi, dotsent  O'.Yakubov tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminar o'tkazildi. Unda universitet rektori A.Sattarov, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi. 
O‘quv seminarda strategiyadagi 7 yo‘nalish hamda 100 ta maqsad haqida tushintirilib, oliy ta’lim jarayonlarida strategik boshqaruvga oid tushunchalar ham berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi doirasida bugungi kunda oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratishga e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Qolaversa, respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish vazifasi turganligi aytib o‘tildi.