Termiz iqtisodiyot va servis universiteti delegatsiyasi Yaponiya davlatiga tashrifi davomida WASEDA universitetida amaliy uchrashuv o‘tkazdilar.
Universitet professorlari Atsushi Ogihara va Shoji Nishimura bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda TISUning Yaponiyadagi mazkur universitet bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Xususan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, xalqaro iqtisodiyot, turizm, tibbiyotda va oliy ta'limda zamonaviy texnologiyalarga oid hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi masalalar bo‘yicha kelishib olindi.