Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning ko‘rsatmasiga asosan, Oltinsoy tumanidagi ko‘rsatkichlari past bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan 10 tasi Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga biriktirilgan.
Ayni paytda universitet rektori A.Sattarov boshchiligida professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruh Oltinsoydagi maktablarda bo‘lishib, ularga amaliy yordam berilmoqda.
Xususan, maktablarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida zamonaviy mebel jihozlari, monitorlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, maktablarning axborot resurs manbaini boyitish maqsadida 1000 dona badiiy adabiyotlar to‘plamlari yetkazib berildi.
Bundan tashqari, metodik yordam ko‘rsatish uchun o‘qituvchilarga TISU professor-o‘qituvchilari tomonidan har bir fan bo‘yicha seminar darslari o‘tib berilmoqda.