O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi.
Shu bois, bayrog‘imiz yoki gerbimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.
Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida iqtidorli talabalarning ijodiy chiqishlari, davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘ulari ifoda etilgan monologlar, she’riy kompozitsiyalar va kuy-qo'shiqlar ijro etildi.