Termiz iqtisodiyot va servis universiteti kengashining navbatdagi 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda taklif etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Kengashni universitet rektori A.Sattarov kirish so‘zi bilan ochib, universitetimizda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yig‘ilishda universitetning 2023/2024-o‘quv yili qabul komissiyasi faoliyati, Hemis axborot tizimi orqali o‘quv jarayonining tashkil etilganlik holati, universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy ishlari holati haqida mas’ullarning axboroti eshitildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi turli masalalar yuzasidan tegishli mas’ul xodimlarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.