⚡️Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun Oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida “Janub zukkolari" ko’rik - tanlovi o’tkazildi.
Bellashuvda:
Sariosiyo Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi,
Termiz ixtisoslashtirilgan san'at maktabi,
Termiz iqtisodiyot va servis universitetining talaba-yoshlar jamoalari ishtirok etishdi. Qizg'in kechgan bahsda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Megapolis" jamoasi 1-o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'llanma olishdi.
Jamoamizni g'alaba bilan qutlaymiz!