Davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan bir guruh xotin-qizlar Fransiyada malaka oshirib kelishdi

Davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan bir guruh xotin-qizlar Fransiyada malaka oshirib kelishdi

  • 15.11.2023
  • 312
Blog Image

 Joriy yilning 6-10 noyabr kunlari turli davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi, shuningdek, Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan bir guruh oʼzbekistonlik rahbar ayollar Fransiyaning Parij shahrida “Lider ayollar” stajirovka dasturi doirasida malaka oshirmoqda. Ushbu guruh tarkibida Termiz iqtisodiyot va servis universitetining magistratura boʼlimi boshligʼi Xoshimxoʼjaeva Moxirux Muzaffarovna ham ishtirok etdi.

Ushbu dastur Oʼzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi, Fransiya Respublikasining Oʼzbekistondagi elchixonasi va Fransiyaning Davlat xizmati milliy instituti (Institut National du Service Public, INSP) hamkorligida ishlab chiqilgan.

Malaka oshirish stajirovka kurslari davomida tinglovchilar uchun davlat boshqaruvi va qarorlar qabul qilishda ayollarning roli va bunda xalqaro hamda Yevropa tajribasi; rahbar ayollar uchun netvorkingning ahamiyati, liderlik koʼnikmalari, mohiyati, davlat xizmatida rahbar ayollarni qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltirilgan siyosat va boshqa dolzarb mavzularda malakali trenerlar tomonidan taqdimotlar va oʼquv mashgʼulotlari olib borildi.