Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan talabalar va magistrlar o‘rtasida “Yangi Konstitutsiya–taraqqiyot qomusi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazildi.
Natijalarga ko'ra:
1-o'rinni Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Pardayeva Feruza Eshbekovna,
2-o'rinni Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti Bank ishi va audit ta’lim yo‘nalishi sirtqi 1-kurs talabasi Erkinov Elyor Erkin o‘g‘li,
3-o‘rinni Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Muxtorova Mijgona A’zamjon qizi qo‘lga kiritdi.
Ilmiy maqolalar tanlovi g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.