Ayni paytda Turkiya safarida bo‘lgan universitet delegatsiyasi Hacettepe universiteti klinikasidagi o‘qitish, davolash va amaliyot o‘tash jarayonlari bilan ham tanishdilar. Mazkur klinikadagi sog‘liqni saqlash xizmatlari bo‘limi boshlig‘i, professor Dr. Necla Ozernikle boshchiligida talabalarga yaratilgan sharoitlar, bemorlarni davolash jarayoni, klinikada mavjud zamonaviy asbob-uskunalar, diagnostika jihozlari bilan tanishtirildi. Xususan, Onkologik kasalliklar shifoxonasi eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, kuniga 600 nafar bemorni diagnostika qilish imkoniga ega.
Muzokalar yakunida Termiz iqtisodiyot va servis universitetining tibbiyot fakulteti talabalarini bahorgi semestrda Hacettepe universiteti tibbiyot fakultetida o‘qitish bo‘yicha kelishib olindi.