Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Konstitutsiya qadr-qimmatim!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Yangi O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi mamlakatimiz tarixida ilk bor umumxalq referendumi orqali bevosita xalqimiz tomonidan qabul qilinganligi, referendumda ishtirok etgan hamda yurtimiz kelajagiga befarq bo‘lmagan fuqarolar o‘zlarining yuksak siyosiy-huquqiy madaniyatini namoyon etib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya timsolida yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning huquqiy asoslarini hamda davlat va jamiyatni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berganligini alohida ta'kidlab o'tishdi.