Universitet delegatsiyasining Turkiyadagi Аnqara shahrida joylashgan tibbiy laboratoriya jihozlari ishlab chiqaruvchi “ERMETAL” kompaniyasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham manfaatli bitimlar imzolandi. Kompaniya bosh menendjeri Erman Kara va eksport bo‘limi boshlig‘i Burak Can kompaniya ishlab chiqaradigan laboratoriya jihozlari, tibbiyot oliygohlari talabalarini o‘qitishda zarur bo‘lgan interaktiv klinika simulyatorlari to‘g‘risida axborot berdi. Uchrashuv natijasida Termiz iqtisodiyot va servis universitetida tibbiyot fakulteti talabalari uchun shunday laboratoriya xonalarini tashkil etishga kelishib olindi.
Аytish kerakki, “ERMETAL” kompaniyasi dunyoning turli qitʼalarida (Yevropa, Аmerika Аvstraliya va Osiyo) mamlakatlardagi 60 dan ziyod tibbiyot sohasida taʼlim beruvchi universitetlarga laboratoriya jihozlarini, xususan, stomatologiya yo‘nalishida tahsil olayotganlar uchun zarur bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish jihozlarini yetkazib beradi. 1978 yildan beri faoliyat olib borayotgan kompaniya hozirgi kunda 5 qit’ada 45 ta davlatga xizmat ko‘rsatib, xalqaro maydonda mustahkam o‘rin egallagan. U stomatologiya amaliyotlari va laboratoriyalar bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchi sifatida 7000 m2 katta ishlab chiqarish ob’yekti, 50 nafar xodimning malakasi va tajribasi hamda yangi texnologiyalarni doimiy izlash orqali stomatologlarga eng yaxshi xizmatni taqdim etadi.
“ERMETAL” loyihalarni bevosita joyida kuzatish imkoniyatiga ega, bir xil mahsulotlar ishlab chiqarishda nafaqat yuqori tajribaga ega dizaynerlar va zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan foydalanadi, balki undan tashqariga chiqib, ehtiyojga ko‘ra va buyurtma asosida tayyorlangan mahsulotlarga e’tibor qaratadi.