Surxondaryo viloyati hokimi sovrini uchun Oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar hamda uyushmagan yoshlar o’rtasida “Janub zukkolari" ko’rik - tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Bellashuvda:
Termiz davlat pedagogika institutining "A'lo plus",
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining "Medstars",
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining "Online",
Harbiylarning "9-rota",
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining "Janub yulduzlari" hamda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Megapolis" jamoalari ishtirok etishdi. Qizg'in kechgan bahsda Termiz iqtisodiyot va servis universitetining "Megapolis" jamoasi g'alaba qozondi va viloyat chempionligini qo'lga kiritdi.
G'alaba muborak!