Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oltinsoy tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 30 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun 4 kunlik o‘quv-amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.
Dastlab, seminar qatnashchilari universitet faoliyati bilan tanishishdi. Shundan so‘ng, o‘quv seminarining birinchi kunidan dars mashg‘ulotlari boshlandi.
Darslar jarayonida o‘qituvchilar bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi yangiliklar bo‘yicha malaka oshirishadi.
Ularning turar joy va boshqa xarajatlari universitet rahbariyati tomonidan ta’minlanadi. Bu esa oliy ta’lim muassasasi bilan umum ta’lim maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.