72 soatlik seminar o'z nihoyasiga yetdi

72 soatlik seminar o'z nihoyasiga yetdi

  • 08.01.2024
  • 295
Blog Image

Xabar berganimizdek, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida Oltinsoy tumanidagi 48-umumta’lim maktabining 30 nafar pedagog-o‘qituvchilari uchun 72 soatlik o‘quv-amaliy seminar tashkil etilgan edi.

Kuni kecha navbatdagi o‘quv jarayonlari va test sinovlari o'tkazildi hamda kun oxirida seminar ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi. Shu tariqa 30 nafar pedagog-o'qituvchilarning o'quv-amaliy seminari o'z nihoyasiga yetdi.

Ma'lumot uchun, seminar jarayonlarida o‘qituvchilar bugungi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari, pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi yangiliklar bo‘yicha malaka oshirishdi. Bu oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikni mustahkamlabgina qolmay, bitiruvchilarni oliy ta'limga qamrab olish darajasini oshirishda ham xizmat qiladi.