Termiz iqtisodiyot va servis universitetining Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (tillar bo'yicha) 223-guruhi hamda Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 723-guruhi talabalari Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot kutubxona markazida bo’lishdi.
AKM mutaxassislari tomonidan kutubxonaga a’zo bo‘lish, elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish, elektron resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, internet va WI-FI zonasi xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan tanishdilar. Mutaxassislar kutubxona faoliyati, tarixi va buguni haqida ma’lumotlar berib o'tdilar.
Shundan so’ng talabalar Termiz Arxeologiya muzeyida bo'lishdi. Markaziy Osiyodagi eng boy ko‘rgazmalardan hisoblangan 10 ta xonada taqdim etilgan muzey ekspozitsiyasidagi 40 mingdan ortiq arxeologik topilmalar va qadimiy buyumlar bilan tanishishdi.