Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda universitet rektori A.U.Sattarov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor A.Esanov, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani S.Bozorov, universitet xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi S.Eshboyeva va Pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etib o‘tildi.
Uchrashuv so’ngida ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan talabalarining ota-onalariga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.