Termiz iqtisodiyot va servis universitetida guruh murabbiylari faoliyatini tartibga solish, ijtimoiy muhitni yaxshilash yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Universitet rektori A.Sattarov boshchilik qilgan yig'ilishda prorektorlar, dekanlar, guruh murabbiylari ishtirok etishdi.
Yig'ilishda asosan o’quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil qilish, korrupsiya holatlariga yo’l qo’ymaslik, universitet odob-axloq va ichki tartib qoidalariga amal qilish hamda ijarada turgan talabalarning yashash sharoitlarini o’rganishni davom ettirish bo'yicha so'z yuritildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha tegishli mas’ul xodimlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.