Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassalari agentligi Termiz shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari amaliy tashrif bilan Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bo'lishdi.
Ular universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tashrif davomida ochiq eshiklar kuniga tashrif buyurgan bitiruvchi oʼquvchilarga yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʼlamli va chuqur islohotlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning bilim olishlari hamda mehnat qilishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud taʼlim yoʼnalishlar, faoliyat olib borayotgan professor-oʼqituvchilar haqida batafsil maʼlumot berishdi.
Bundan tashqari, oʼquvchilar universitet fakultetlari, taʼlim yoʼnalishlari, mutaxassisliklar, xorijiy davlatlar bilan tashkil etilgan qoʼshma taʼlim dasturlari xususidagi oʼzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.