Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash a’zolari, prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari hamda taklif etilgan professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Kengashni universitet rektori A.Sattarov kirish so‘zi bilan ochib, universitetda olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan soʻng universitetimiz olimlari safiga qo‘shilgan, ya’ni falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan o‘qituvchilarga Oliy attestatsiya komissiyasining diplomlari topshirildi.
Shuningdek yig‘ilish kun tartibiga koʻra universitet fakultetlarida malakaviy amaliyotlarning tashkil etilishi yuzasidan mas’ullarning axboroti, Devonxona va arxiv, Korrupsiyaga qarshi kurashish – “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limlarining hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi turli masalalardan tashqari guruh murabbiyligi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli mas’ul xodimlarga rahbariyat tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.