Termiz iqtisodiyot va servis universiteti talabalari poytaxtimizdan tashrif buyurgan taniqli, katta tajribaga ega tadbirkorlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotda ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda tadbirkorlar tomonidan tavsiya va maslahatlar berildi.
Ma'lumot uchun uchrashuvda:
“Artel” va “Akfa” brendlari asoschisi Jahongir Ortiqxodjayev:
“Korzinka. uz” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov;
“M-Faktor”, “Deli” va “EduOn” loyihalari asoschisi Husan Mamasaidov;
“SAP” kompaniyasining O‘zbekistondagi savdo direktori, “Top contact Center” hamda “BookCafe" asoschisi Laziz Adhamov;
“Biznes-spiker”, “Cambridge” o‘quv markazlari asoschisi Umid Ishmuhammedov;
“Yevropol” kompaniyasi hamda “Alibazar” internet bozori asoschisi Alisher Avazovlar ishtirok etishdi.