Termiz iqtisodiyot va servis universitetida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Universitet rektori A.Sattarov boshqarib borgan yig'ilishda prorektorlar, bo'lim boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedira mudirlari hamda professor-o'qituvchilar ishtirok etishdi.
Yig'ilishda asosan o’quv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil qilish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda professor-oʻqituvchilarning shaxsiy rejalari asosida shakllantirilgan universitetning istiqboldagi koʻrsatkichlari bo'yicha so'z yuritildi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibiga qoʻyilgan qator masalalar yuzasidan takliflar olindi va ularning ijrosi boʻyicha tegishli mas’ul xodimlarga qo‘shimcha topshiriqlar berildi.