Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika kafedrasi qoshidagi "TISU tadqiqotchilari" nomli ilmiy-amaliy seminarning navbatdagi mashg'uloti bo‘lib o‘tdi.
Seminarda falsafa doktori (PhD) va magistr akademik darajasini olish uchun yoziladigan dissertatsiyalarning “Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi” hamda “Muammoning o‘rganilganlik darajasi” kabi qismlarini shakllantirish muammosi tahlil etildi, o'zaro farqli va ahamiyatli jihatlari o'rganildi.
Seminarda Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilar hamda universitetning 1-2-bosqich magistrantlari ishtirok etishdi.