Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili va Tarix yo’nalishi 1-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda universitet rektori A.Sattarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori professor E.Qabulov, Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani S.Bazarov, universitet xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi S.Eshboyeva va Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ota-onalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, universitetda yaratilgan sharoitlar va oliygoh tartib-qoidalari, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadidagi ezgu sa’y-harakatlar e’tirof etib o‘tildi.
Uchrashuv so’ngida ilmga chanqoqligi bilan tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan talabalarining ota-onalariga universitet rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.