Biz jinoyatchilikga qarshimiz!

Biz jinoyatchilikga qarshimiz!

  • 14.02.2024
  • 248
Blog Image

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida "Biz jinoyatchilikga qarshimiz" mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Unda universitetda tashkil etilgan "Qalqon" jamoasi ham ishtirok etdi.

Tadbirda bugungi globallashuv davrida yoshlar ongi va tafakkuriga salbiy ta’sir etuvchi turli mafkuraviy nayranglar, axborot xurujlaridan saqlanish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, maxsus guruh tomonidan qurol-aslaha va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.