Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi

Ilmli ayol - jamiyat ko'zgusi

  • 17.02.2024
  • 305
Blog Image

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovasiyalar” to'g'risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e'lon qilingan.

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida shu munosabat bilan "Surxondaryoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida voha olimalarining hissasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. 

Unda Boysun folklor-etnografik ansambli xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sayyora Qosimova, Sherobod tumanidagi “Chechalar” folklor ansambli, universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi p.f.f.d.(PhD) dots.v/b Surayyo Eshboyeva, "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sohibasi, A.Navoiy nomidagi davlat stipendianti, ilm-fan tashabbuskori xalqaro ko‘rik - tanlovi ko‘krak nishoni sohibasi, Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Komila Shoimova, universitet professor-o'qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi. 

Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarga va gender tenglikni taʼminlashga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar, xotin-qizlarning taʼlim olishlarini qoʻllab-quvvatlash uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, viloyatimizda xotin-qizlarning oliy taʼlim bilan qamrab olinishi darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Tadbir soʻnggida eng faol xotin-qizlar maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.