Termiz iqtisodiyot va servis universiteti o‘quv jarayoniga xorijdan yetakchi professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etmoqda. Xususan, turkiyalik tibbiyot fanlari doktori professor Ilhan Metin Dağsuyu tibbiyot fakultetiga dekan o‘rinbosari lavozimiga qabul qilindi. Ilhan Metin Dağsuyu tibbiyot yo‘nalishi o‘quv jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va rivojlantirish ishlariga mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, universitet "Turk tili markazi"da o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish uchun Selcan Sever bilan shartnoma imzolandi.
Ilhan Metin Dağsuyu tibbiyot yo‘nalishida sifatli ta’limni ta’minlash bo‘yicha ilmiy va amaliy ko‘mak berish bilan shug‘ullansa, o‘z navbatida, "Turk tili markazi" faoliyatining rivojlanishi ham talabalarga turk tilini o‘rgatish orqali Turkiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida o‘qishini davom ettirish imkoniyatini beradi. Aytish kerakki, ushbu shartnomalar universitetni rivojlantirish va o‘quv jarayoni sifatini oshirish uchun juda muhimdir.